Ronaldino katta futbolga qaytişi sababini tuşuntirdi
Sport
−
13:11 511 2 daqiqa
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumçisi Ronaldino professional faoliyatini yakunlaganidan bir neça yil ötib, futbol maydoniga qaytişga qaror qilgani futbolni soğinganligi va kelajakdagi rejalari sabab bölganligi bilan izohladi. Bu haqda Ronaldino “Sky sport” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.
“Bunga “Ravenna” prezidenti Inyatsio Sipriani bilan döstligimiz va kelajakdagi rejalarimiz sabab böldi. Hayotimdagi öziga xos, takrorlanmas lahzani boşdan keçirişni istayman. Uşbu kun boşqa futbolçilar uçun ham esda qolarli böladi, deb umid qilaman. Faoliyatimni yakunlaganimdan söng ortga nazar taşlab, öz oldimga qöygan barça maqsadlarimga erişganimni angladim. Endi yana futbol öynaş imkoniyatiga ega böldim va bundan zavqlanyapman. Şuningdek, muxlislarga ajoyib kunni taqdim etmoqçiman. Bu yangi sarguzaştni boşlaşdan juda xursandman”, deydi Ronaldino.
Ma’lumot uçun, 46 yoşli braziliyalik futbolçi “Ravenna” safida S Seriya doirasida “Forli”ga qarşi uçraşuvda debyut qilişi kutilmoqda. Uçraşuv bugun, 15 noyabr kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning avgust oyida Ronaldino va “Ravenna” klubi braziliyalik sobiq futbolçining kamida bitta rasmiy uçraşuvda iştirok etişi böyiça kelişuvga erişgan. Şuningdek, klub uning R10 brendiga tegişli belgilardan foydalaniş huquqini qölga kiritgan. Ronaldino esa klub aksiyalaridan uluş sotib olgan.
Live
Barchasi