Renovatsiya doirasida Yangi Toşkentdan 1,5 baravar kattaroq uy taklif qilinadi

O‘zbekiston

−

image

Toşkent aholisiga renovatsiya doirasida Yangi Toşkentda öz xonadonidan 1,5 baravar kattaroq uylar taklif qilinadi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Toşkent şahrida renovatsiya doirasida köçib ötiş va uy-joy şaroitini yaxşilaşni rejalaştirayotgan aholini qiziqtirişi mumkin bölgan yana bir imkoniyat paydo bölmoqda. Gap “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ uy-joy loyihalarini amalga oşirayotgan Yangi Toşkent hududidan xonadonlar ajratiş haqida bormoqda.

Uşbu yangi mexanizm Prezidentning 2026 yil 10 noyabrdagi “Yangi Toşkent şahri va hududlarda yuqori multiplikativ samaraga ega yirik şaharsozlik loyihalarini qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-243-son farmonida nazarda tutilgan.

Unga köra, Yangi Toşkent hududida mulkdorlarga mavjud xonadoni maydonidan tortib, uning dastlabki maydonining 150 foizigaça hajmda uy-joy beriş közda tutilmoqda. Masalan, agar oilaning xonadoni 50 metr kvadrat bölsa, variantlardan biri sifatida maydoni 75 metr kvadratgaça bölgan yangi uy-joy taklif etilişi mumkin.

Boşqa yeçimlar ham mavjud. Jumladan, 70 metr kvadrat maydonga ega bitta xonadon örniga oilaga 105 metr kvadratgaça bölgan bitta kengroq uy yoki ikkita alohida xonadon, masalan, 45 va 60 metr kvadrat maydonli uylar taklif qilinişi mumkin.

Biroq bular qat’iy kafolatlangan şartlar emas, balki şartli misollar. Har bir holat köçmas mulkning xususiyatlari hamda mulkdorlarning ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda individual tartibda körib çiqiladi. Takliflarni tayyorlaşga mustaqil taşkilotlar jalb etiladi, xonadonlar maydoni, soni va boşqa şartlar esa tomonlar bilan kelişiladi.

“Ayrim oilalar uçun özlari örgangan tumanda qoliş muhim bölsa, boşqalar uçun kengroq uy-joyga ega böliş yoki jadal rivojlanayotgan Yangi Toşkentga köçib ötiş afzalroq. Eng muhimi, endilikda renovatsiya doirasida har bir oilaning manfaatlarini inobatga olgan holda maqbul yeçim topiş imkonini beruvçi yana bir yöl paydo bölmoqda”, deyiladi xabarda.

Bildirilişiça, şu bilan birga, asosiy tamoyillar özgarişsiz qoladi: mulkdorlarning huquqlarini himoya qiliş, jarayonlarning şaffofligi va kompensatsiya şartlarini kelişiş.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing