Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

“Real”ning apellyatsiyasi qanoatlantirilmadi

Sport

image

Apellyatsiya qo‘mitasi Madridning “Real” klubining yarim himoyachi Jud Bellingemning ikki o‘yinga diskvalifikatsiyasini bekor qilish haqidagi iltimosini e’tiborsiz qoldirdi. Shu bois ingliz futbolchisi La Liganing keyingi ikki o‘yinini – “Jirona” va “Betis”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

19 fevral kuni ingliz futbolchisi Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan “Real” - “Osasuna” uchrashuvi hakamiga nisbatan beadab so‘zlar ishlatgani uchun ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

O‘yindan so‘ng “Real” ustozi Karlo Anchelotti va futbolchining o‘zi hakamga nisbatan haqoratomuz so‘z ishlatganini inkor etdi. “Real Madrid” ayni damda 51 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ga Yevropa Chempionlar ligasi qur’asida hamshahari “Atletiko” raqib bo‘lgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real apellyatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing