Florentino Peres yana “Real” prezidenti etib saylandi
Sport
−
08 iyun 2124 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres navbatdagi saylovlarda g‘alaba qozonib, o‘z lavozimida qoldi.
79 yoshli Peres klub rasmiy saytida e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, yana prezident etib saylangan. Bu safar unga tadbirkor Enrike Rikelme raqobatchi bo‘ldi. Bu esa 2009 yildan beri ilk bor “Real” prezidenti saylovida muqobil nomzod qatnashgan holat bo‘ldi.
Peres “Real”ni 2000 yildan beri (2006–2009 yillar oralig‘idagi tanaffus bilan) boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi davrida klub 7 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, 3 marta mamlakat Kubogini va 7 marta Superkubokni qo‘lga kiritdi.
Yevropa arenasida esa madridliklar 7 marta Chempionlar ligasi, 6 marta UEFA Superkubogi, 5 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati va 2 marta Qit’alararo kubok g‘olibi bo‘lgan.
Peresning qayta saylanishi “Real” ikki mavsum ketma-ket sovrinsiz qolgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, klub rahbariyati va a’zolari uning tajribasi hamda boshqaruviga bo‘lgan ishonchini yana bir bor tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres kelasi hafta “Bavariya” futbolchisi Maykl Olise transferi uchun 150 million yevro taklif qilish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi