Prezident Turkiya kompaniyalarini Özbekistondagi loyihalarda faol qatnaşişga çaqirdi
O‘zbekiston
−
15:08 329 2 daqiqa
Prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiya banklari, investitsiya fondlari va sanoat kompaniyalarini Özbekistondagi yirik loyihalarda faol iştirok etişga çaqirdi. Bu haqda bugun, 19 noyabr kuni Prezident iştirokidagi Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişida söz bordi.
Yiğilişda qişloq xöjaligidagi şeriklikni kengaytiriş masalalari ham muhokama qilingan. Turkiyaning agrar sohadagi tajribasini hisobga olib, organik mineral öğitlar va qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş, zamonaviy issiqxonalar barpo etiş, boğdorçilik, suv tejovçi texnologiyalar hamda sovitkiç omborlari yönalişlarida hamkorlikni kuçaytiriş taklif etilgan.
Özbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini çuqur qayta işlaş va yirik çakana savdo tarmoqlari orqali yetiştirişdan iste’molçiga yetkazib berişgaça bölgan yagona qiymat zanjirini şakllantirişdan manfaatdor.
Prezident turkiyalik investorlarni Yangi Toşkent qurilişi va mamlakatdagi yirik infratuzilma loyihalarida faol iştirok etişga çaqirgan. Turk kompaniyalariga yangi şaharda tijorat va turar joy majmualari, mehmonxonalar, ta’lim va tibbiyot muassasalarini barpo etiş böyiça hamkorlik qiliş taklif qilingan.
Şu bilan birga, pulli avtomobil yöllari, aeroportlar va logistika markazlarini rivojlantiriş transport sohasidagi istiqbolli yönalişlar sifatida körsatilgan.
Mamlakatda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uçun Toşkent farmatsevtika parkida investorlarga keng qamrovli imtiyoz va preferensiyalar, zarur infratuzilma hamda işlab çiqariş maydonlari taqdim etilmoqda.
Prezident turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasini taşkil etiş taşabbusini ilgari surgan. 2002 yildan buyon mamlakatda faoliyat yuritayotgan “Nobel Pharmsanoat” kompaniyasi tajribasi sohadagi hamkorlikning amaliy namunasi sifatida körsatilgan. Turkiyaning boşqa yetakçi farmatsevtika kompaniyalari ham uşbu yönalişda faol hamkorlikka taklif qilingan.
Özbekistonda xususiylaştiriş va davlat-xususiy şeriklik dasturlari Turkiya investorlari uçun yangi imkoniyatlar oçmoqda. Prezidentning ta’kidlaşiça, 2026–2027 yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk ob’ektlari va yer maydonlarini savdoga çiqariş rejalaştirilgan.
Turk kompaniyalari bilan Samarqand avtomobil zavodini xususiylaştiriş, Samarqand viloyati elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş va Buxoroda yangi xalqaro aeroport quriş kabi yirik taşabbuslar böyiça hamkorlik olib borilmoqda.
Davlat rahbari Turkiya banklari, investitsiya fondlari va sanoat kompaniyalarini uşbu jarayonlarda yanada faol iştirok etişga çorlagan.
Live
Barchasi