Toshkentda “New port” nomi bilan 5 ta ko‘p qavatli uy noqonuniy qurilayotgani aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmasdan turib uy o‘zboshimchalik bilan buzib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 2 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “New Port” turar joy majmuasi hududida yashovchi fuqarolarga kompensatsiya pullari to‘liq berilmayotgani hamda uy noqonuniy buzilgani haqida videomurojaat tarqalgan. Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirgan.

Qayd etilishicha, tergovga qadar o‘tkazilgan tekshiruvda “Mega Logistics Servise” MCHJ mansabdor shaxslari Yakkasaroy tumani Damariq mahallasi A.Qahhor ko‘chasi, 19-uyda yashovchi fuqarolarni majburiy ko‘chirish bo‘yicha ijro harakatlari yakunlanmagan bo‘lsa-da, mazkur uyni o‘zboshimchalik bilan buzib tashlagani aniqlangan.

Shuningdek, qurilishga tegishli ruxsatnoma olmasdan ushbu hududda 1 ta 20 qavatli, 2 ta 19 qavatli, 1 ta 12 qavatli va 1 ta 2 qavatli turar joy binolari o‘zboshimchalik bilan qurilgani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, holat yuzasidan “Mega Logistics Servise” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing