Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Pokistonda 450 yo‘lovchisi bilan garovga olingan poyezd ozod qilindi

Olam

image

Pokistonning janubi-g‘arbiy qismida “Balujiston ozodlik armiyasi” jangari guruhi tomonidan garovga olingan poyezddan 400 dan ortiq yo‘lovchi qutqarildi va ular Kvettaga yetib keldi. Bu haqda “Associated Press” telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi davomida 21 nafar garovga olingan shaxs va to‘rt nafar maxsus xizmat xodimi halok bo‘lgan. Pokiston xavfsizlik kuchlari hujum uyushtirgan barcha 33 jangarini yo‘q qilgan.

Hozirda Balujiston poytaxti Kvetta temiryo‘l vokzaliga yetib kelgan jabrlanganlar va qutqaruv operatsiyasi ishtirokchilariga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif viloyatga tashrif buyurishi kutilmoqda. U ushbu hujumni “qo‘rqoq harakat” deb atab, bunday harakatlar “Pokistonning tinchlik yo‘lidagi qat’iyatiga putur yetkazmasligini” ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qurolli guruh Balujiston provinsiyasining tog‘lar bilan o‘ralgan olis hududida tunnellar yaqinida poyezdga hujum qilgani haqida xabar berilgan edi. Jangarilar temiryo‘l relslarini portlatib, poyezdni to‘xtatgan. Ushbu poyezd Kvettadan Peshovarga ketayotgan bo‘lgan.

Shuningdek, hujumchilar olti nafar Pokiston harbiysini o‘ldirgan va agar hukumat ularga qarshi harbiy operatsiya boshlasa, garovdagilarni qatl etishini bildirgan. Shu bilan birga, jangarilar asirlarni almashish bo‘yicha muzokaralarga tayyor ekanliklarini ham ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing