Ozarbayjonda jinoyatchi 3 nafar politsiyachi va bir fuqaroni otib o‘ldirdi
Olam
−
24 iyun 2024
8733Bugun, 24 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida jinoyatchi to‘rt kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat shaharning Xazar tumani hududida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi “Lancaster” ov qurolidan o‘q uzib, 3 nafar politsiyachi va bir nafar oddiy aholi vakilini otib o‘ldirgan.
Otishmani 1986 yilda tug‘ilgan Ollohverdiyev Rovshan O‘g‘tay o‘g‘li sodir etgan va ayni paytda u ichki ishlar xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

“Abdulloh” nomi bilan tanilgan bloger qamoqqa olindi (video)
54371
09 aprel

Rus matbuoti Jalolovni tanqid qildi
43225
08 aprel

1 maydan “svet” uchun yangi tarif joriy etiladi
33185
09 aprel

Qozog‘iston Prezidenti shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi
27241
09 aprel