Ozarbayjonda jinoyatchi 3 nafar politsiyachi va bir fuqaroni otib o‘ldirdi

Olam

image

Bugun, 24 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida jinoyatchi to‘rt kishini otib o‘ldirdi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, holat shaharning Xazar tumani hududida sodir bo‘lgan. Jinoyatchi “Lancaster” ov qurolidan o‘q uzib, 3 nafar politsiyachi va bir nafar oddiy aholi vakilini otib o‘ldirgan.

Otishmani 1986 yilda tug‘ilgan Ollohverdiyev Rovshan O‘g‘tay o‘g‘li sodir etgan va ayni paytda u ichki ishlar xodimlari tomonidan zararsizlantirilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Otishma Baku shahri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing