Mirziyoyev sirdaryoliklarning holidan xabar olgani ketyapti
O‘zbekiston
−
14 Mart 2024 18034 1 daqiqa
Bugun, 14 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
“Tumandagi mahallalardan birida davlatimiz rahbari raisligida tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor Sirdaryo viloyatiga 2023 yilning aprel oyida tashrif buyurgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr