Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi
O‘zbekiston
−
31 Avgust 2023 7257 1 daqiqa
Bugun, 31 avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, mazkur monument Prezident Shavkat Mirziyoyev g‘oyasi asosida O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Mamlakat hayotidagi ulkan voqealar, xorijiy tashriflar chog‘ida bu yerga gul qo‘yish an’anaga aylangan.


Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr