Mirzaobodga ham yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
27 fevral
4964Bugun, 27 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘tkazilgan Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, sessiya ishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ham ishtirok etgan. Unda Abdurahim Abdulhamidovich Umarov Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanga shu vaqtgacha hokimlik qilib kelgan Orif Xudoyberdiyevich Rahmonqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, Abdurahim Umarov mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Muborak, Jomboy va Paxtachi tumanlariga yangi rahbarlar tayinlangan edi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart
Trenddagilar

