Messi 28 metrlik lyuks yaxta buyurtma qildi

Sport

−

image

Argentinalik futbol yulduzi, “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Sunreef Yachts kompaniyasiga 28 metrlik lyuks katamaran buyurtma qildi. Bu haqda yaxta ushbu ishlab chiqaruvchisi xabar qildi.

Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, Sunreef ULTIMA 88 rusumli katamaranning taxminiy narxi 10 million dollardan oshishi mumkin. Biroq kompaniya buyurtmaning aniq qiymatini oshkor qilmagan.

Ayni paytda yaxta Birlashgan Arab Amirliklarining Ras-al-Xayma shahridagi verfda qurilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach, u Balear orollarida joylashgan Messiga tegishli MIM Ocean flotiga qo‘shiladi.

Loyihaga ko‘ra, katamaranda jami beshta kayuta – to‘rtta mehmon xonasi va keng kayuta bo‘ladi. Shuningdek, dam olish uchun keng yuqori paluba hamda gidrotsikl saqlashga mo‘ljallangan maxsus garaj ko‘zda tutilgan. Yaxta har biri 1000 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita dvigatel bilan jihozlanadi.

Ma’lumot uchun, Sunreef Yachts kompaniyasining mashhur mijozlari orasida tennischilar Karlos Alkaras va Rafael Nadal, futbolchi Robert Levandovski hamda poygachi Fernando Alonso ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Neymar ham 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng 23 million dollarlik yaxta sotib olgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing