Mashhur teleboshlovchi o‘limga hukm qilindi

Olam

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Misrda sud teleboshlovchi Sara Halifa va jinoyat ishi bo‘yicha yana 11 nafar ayblanuvchini giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va sotishda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Al-Ahram” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar giyohvand moddalarni ishlab chiqarish uchun xomashyo xarid qilish va ularni keyinchalik sotish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh tuzishda ayblangan. Bundan tashqari, ularga o‘qotar qurolni noqonuniy saqlash ayblovi ham qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, tergov davomida hukumat tomonidan 750 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari va ularni tayyorlash uchun xomashyo musodara qilingan. Huquq-tirtibot idoralari xodimlari, shuningdek, narkolaboratoriya sifatida jihozlangan ikkita xonadon va o‘q-dorilari bo‘lgan litsenziyasiz qurol-aslaha arsenalini topgan.

“Aybdor deb topilgan Halifa va boshqa sudlanuvchilar hukm ustidan shikoyat qilish huquqiga ega”, deyiladi xabarda.

“Al-Ahram”ning aniqlik kiritishicha, Halifa 2025 yilning aprel oyida Qohirada hibsga olingan. U bir nechta kanallarda teleboshlovchi bo‘lib ishlagan va Misrda mashhur media shaxsi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston sudi mashhur “Tehelka” jurnalining sobiq bosh muharriri Tarun Tejpalni hamkasbini zo‘rlaganlikda aybdor deb topgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing