Mahmud Murodov chempionlik kamari uchun jang qiladi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash jang san’atlari ustasi Mahmud Murodov “Oktagon 72” markaziy jangida chexiyalik Patrik Kinslga qarshi oktagonga chiqadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mahmud Murodov navbatdagi jangini 14 iyun kuni Pragada “Oktagon 72” turnirida o‘tkazadi. O‘sha kuni Murodov chexiyalik Patrik Kinslga qarshi o‘rta vazn toifasi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qiladi.

Qayd etish joiz, 8 mart kuni Mahmud Murodov Germaniyaning Shtutgart shahrida o‘tkazilgan “Oktagon 68” turniri doirasida shveysariyalik Yasubey Enomotoni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Murodov professional faoliyatida 36 ta jang o‘tkazgan va 28 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Patrik Kinsl esa 39 ta jang o‘tkazgan va shundan 28 tasida g‘alaba qozonib, 11 tasida mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Patrik Kinsl Oktagon 72

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing