“Liverpul” Yurgen Klopp sharafiga bronza haykal o‘rnatdi

Sport

−

image

Joriy yilning 8 oktyabr kuni “Enfild” stadioni muzeyida “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning klub tarixiga qo‘shgan ulkan hissasiga bag‘ishlangan bronza haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Bronza haykalda nemis murabbiyining o‘ziga xos falsafasi, shijoati va g‘alabadan keyingi ramziy ishorasi aks ettirilgan. Klopp rahbarligida “Liverpul” Yevropa futbolidagi yetakchi mavqeini qayta tiklab, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Klub rahbariyati mazkur yodgorlik Yurgen Kloppga, shuningdek, jamoaning g‘alabalarga bo‘lgan ishonchini qayta tiklagani va muvaffaqiyatli an’analarini davom ettirgani uchun muxlislar nomidan bildirilgan samimiy ehtirom ekanini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Yurgen Klopp 2015-2024 yillarda “Liverpul”ni boshqargan. Uning rahbarligida jamoa UEFA Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va FIFA klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, 2020 yilda Angliya Premer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritib, klubning 30 yillik oliy liga titulini kutish davriga chek qo‘ygan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing