Kosovo sobiq prezidentiga sud hukmi öqildi

Olam

−

image
Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçiga guvohlarga ta’sir ötkazişga uringani uçun 1 yil 5 oylik qamoq jazosi tayinlandi. Bu jazo uning harbiy jinoyatlar uçun berilgan 25 yillik qamoq jazosiga qöşiladi. Bu haqda “The Insider” xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Gaagadagi Kosovo böyiça maxsus sud Taçini sud jarayoniga tösqinlik qiliş va guvohlarga ta’sir ötkazişda aybdor deb topgan. Sud ma’lumotlariga köra, u qamoqxonadagi uç nafar şaxs bilan uçraşuvlar vaqtida ayblov guvohlari haqidagi maxfiy ma’lumotlarni yetkazgan va ularga guvohlarga nima deyiş kerakligi böyiça körsatmalar bergan.

Taçi va mazkur iş böyiça ayblangan boşqa şaxslar özlariga qöyilgan ayblovlarni rad etgan. Taçining advokati esa sud qaroridan şikoyat qilişini bildirgan.

Ma’lumot uçun, joriy yilning sentyabr oyida Gaagadagi maxsus sud Hoşim Taçini 1998–1999 yillardagi Kosovo uruşi davrida sodir etilgan harbiy jinoyatlar, jumladan, qotillik, qiynoq va noqonuniy qamoqqa olişda aybdor deb topib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing