UEFA Kosovo va Isroil o‘rtasidagi o‘yinni qoldirdi

Sport

image

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) 2024 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi Isroil va Kosovo terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqa muddatga qoldirdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Kosovo va Isroil terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 15 oktyabr kuni Prishtina shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. O‘yinning yangi sanasi keyinroq e’lon qilinadi. 

Bundan oldin 12 oktyabr kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Isroil va Shveysariya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 15 noyabrga ko‘chirilgandi. 

O‘yinlarning boshqa sanalarga ko‘chirilishiga Isroildagi qurolli to‘qnashuv sabab bo‘lmoqda.

Olti tur yakunlariga ko‘ra, isroilliklar 11 ochko jamg‘arib, “I” guruhi turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Bu guruhda Isroildan tashqari Shveysariya, Ruminiya, Belarus va Andorra terma jamoalari joy olgan. Joriy yilning sentyabr oyida isroilliklar Belarusni mag‘lub etdi (1:0) va Ruminiya bilan durang o‘ynadi (1:1).


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Kosovo Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made