Xorvatiyaga yuborish uchun $3600 talab qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
20:24 361 1 daqiqa
Namangan va Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborish hamda Umra ziyoratini tashkil etish va’dasi bilan minglab dollar olgan shaxslarning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Namangan shahrida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan shaxs To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tanishlari orqali Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan. Buning evaziga ulardan jami 3600 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushbu shaxs fuqarolardan oldindan 1000 AQSH dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida esa 1969 yilda tug‘ilgan shaxs tegishli vakolatga ega bo‘lmaganiga qaramay, ikki nafar mahalliy fuqaroni Saudiya Arabistoniga Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilgan. U buning evaziga 2200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX va IIB xodimlari tomonidan ushlandi.
Bildirilishicha, hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida fuqarolarni noqonuniy ravishda Umra ziyoratiga yuborishni va’da qilib, pul talab qilgan ikki shaxs ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi