Qo‘ng‘irotboy Sharipov eski lavozimiga qaytdi

Jamiyat

−

image

Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Sharipov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda u universitetning Threads’dagi sahifasida xabar berildi.

Ma’lumot uchun, Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963 yilda Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. U avval ham – 2019-2024 yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori vazifasida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, u 2024 yilning fevralida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan edi. Joriy yilning 3 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing