Italiyada Birinçi jahon uruşidan qolgan 250 ta bomba topildi
Olam
−
16:11 630 3 daqiqa
Italiyaning Dolomit toğlarida muzliklar erişi oqibatida Birinçi jahon uruşidan qolgan 250 ta portlovçi qurilma topildi. Ular 100 yildan ortiq vaqt davomida muz ostida saqlangan. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yoz oylarida sayyohlar toğlarda bir neçta bomba topilgani haqida xabar bergan. Şundan söng Italiya armiyasining “Julia” toğli hududlarda harakatlanuvçi brigadasi Trentino-Alto-Adiye mintaqasidagi muzliklar va baland toğli hududlarni tekşirgan.
Tekşiruvlar davomida jami 250 ta portlovçi qurilma topilgan. Ular orasida Italiyaning 18 ta 75 millimetrli artilleriya snaryadi va Fransiyada işlab çiqarilgan 37 ta minomyot snaryadi bor. Fransiyaning “Thevetot” rusumli uşbu snaryadlari Birinçi jahon uruşi davrida Italiya qirollik armiyasiga ham yetkazib berilgan.
Topilgan qurollar 1915–1918 yillarda Avstriya-Vengriya armiyasi va Italiya qöşinlari örtasida keçgan janglardan qolgan. “Oq uruş” deb atalgan uşbu töqnaşuvlar Dolomit toğlari va Alp toğlarining boşqa qismlarida, qattiq sovuq hamda murakkab toğ şaroitida olib borilgan.
Bergamo universiteti professori, Stelvio milliy boğidagi tarixiy meros loyihalari koordinatori Stefano Morozini muzliklar erişi natijasida bunday xavfli buyumlar tobora köproq topilayotganini global isiş bilan izohlagan.
Uning aytişiça, sönggi yillarda har yoz oxirida muz ostidan portlovçi qurilmalar çiqib qolmoqda va ularning soni ortib bormoqda. Ayrim bombalar avvalroq portlagan bölsa-da, köpçiligi portlamagan holda saqlanib qolgan. Şu sababli ular muzdan çiqqanidan keyin ham katta xavf tuğdiradi.
Mutaxassislar sayyohlar va alpinistlarni toğlarda topilgan portlovçi qurilmalarga tegmaslikka çaqirgan. Bunday buyumlar aniqlansa, ular haqida zudlik bilan politsiyaga xabar beriş tavsiya etilgan.
Muzliklarning erişi natijasida nafaqat qurollar, balki Birinçi jahon uruşidan qolgan boşqa tarixiy buyumlar ham topilmoqda. 2015 yilda Lombardiya mintaqasidagi Skorlutsso toğida qariyb bir asr davomida muz ostida qolgan yoğoç kazarma oçilib qolgan. Uning içidan kiyimlar, fonarlar, gazetalar, otkritkalar, tangalar va oziq-ovqat mahsulotlari topilgan.
Topilgan tarixiy buyumlarni namoyiş etiş uçun Bormio şahrida “Oq uruş” muzeyini 2027 yil iyun oyida oçiş rejalaştirilgan.
Naşrning yozişiça, uşbu uruş oqibatida bir milliondan ortiq kişi halok bölgan deb hisoblanadi. Biroq askarlarning aksariyati janglarda emas, balki qor köçkilari, toğlardan qulaş va qattiq sovuq tufayli vafot etgan deb taxmin qilinadi. Sönggi 15 yil içida eriydigan muzliklar ostida harbiy kiyimdagi önlab jasadlar ham topilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Kyoln şahrida Ikkinçi jahon uruşi davridan qolgan bomba topilgan edi.
Live
Barchasi