Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ispaniyada futbolchi qizni majburlab o‘pgan futbol amaldori jazolandi

Sport

image

Ispaniyaning Milliy sud kollegiyasi mamlakat Qirollik futbol federatsiyasining (RFEF) sobiq rahbari Luis Rubialesga hukm chiqardi. U futbolchi Jennifer Ermosoni uning roziligisiz o‘pgani uchun jazolandi. Bu haqda “Tribuna Valladolid” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Rubiales endi 10,8 ming yevro jarima to‘lashi kerak bo‘ladi. Shuningdek, unga bir yil davomida Ermosoga 200 metrdan yaqinlashish taqiqlandi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilgi jahon chempionati finalida ispaniyalik futbolchi qizlar inglizlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. Shu paytda Rubiales milliy jamoaning g‘alabasidan xursand bo‘lib, Ermosoni quchoqlab, labidan o‘pib olgan.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) rasmiy shaxsga nisbatan intizomiy ish ochgan. Jamoatchilik bosimi ostida Rubiales shu yili 11 sentyabr kuni o‘z lavozimini tark etishga majbur bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Ispaniya futbol amaldori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing