Infantino Jahon chempionati tanqidchilariga murojaat qildi
Sport
−
27 iyul 1762 2 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionati tanqidchilariga ochiq xat bilan murojaat qildi. U o‘z fikrlarini Instagram sahifasida e’lon qildi.
“Sizlar nafrat va tanqidga shunchalik berilib ketdingizki, asosiy narsani ko‘rmay qoldingiz. Sizlar chetdan turib tanqid qilayotgan bir paytda, biz FIFA’da dunyodagi eng yirik sport tomoshasini tashkil etish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va muxlislarga taqdim etish uchun tinmay mehnat qildik. Biz musobaqa davomida hech qanday zo‘ravonlikka, hech qanday jiddiy hodisaga duch kelmadik. Xavfsizlik to‘liq ta’minlandi, maydonlarda esa faqat quvonch va baxt hukm surdi”, deydi 56 yoshli Janni Infantino.
Infantinoning ta’kidlashicha, ayrim bahsli hakamlik qarorlari futbolning tabiiy qismi hisoblanadi.
“Ayrim vaziyatlarda sariq yoki qizil kartochkalar bo‘yicha xatolar, shuningdek, keyinchalik futbolchilarni diskvalifikatsiya qilmaslik haqidagi qarorlar odatiy holdir. Bunday amaliyotlar dunyoning eng yirik chempionatlarida ham qo‘llaniladi va keng qabul qilingan. Qizig‘i shundaki, aynan shu tizimdan foydalanadigan mamlakatlar ham bizga tanqid bilan chiqmoqda”, deydi FIFA rahbari.
U, shuningdek, turnir davomida barcha jamoalarga teng munosabatda bo‘linganini ta’kidladi.
“Eron AQSHga hech qanday hodisa yoki mojarosiz kirdi. Eron terma jamoasiga viza berildi, chunki futbol tinchlik haqida. Bu siyosat emas. Shuningdek, jiddiy sog‘liq muammolari yoki boshqa qiyinchiliklarga duch kelgan mamlakatlarning vakillariga ham vizalar berildi”, deydi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionatining finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani qo‘shimcha vaqtda 1:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi