Ikki viloyatda noqonuniy dori savdosi bilan şuğullanganlar uşlandi
3-sahifa
−
10:13 357 1 daqiqa
Toşkent va Xorazm viloyatlarida dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning noqonuniy savdosi bilan boğliq holatlar aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod şahri bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda fuqaro J.R. umumiy bahosi 135 mln sömlik sifatini tasdiqlovçi hujjatlari bölmagan 100 quti dori vositasini fuqaroga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Hazorasp tumani bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ya.E. fuqaro I.I.ga 5 turdagi 28 280 dona dori vositalari va 10 500 dona şpritslarni 65,9 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan şahrida yaşovçi fuqaro öz xonadonida yaşirin ombor taşkil etib, 3,3 mlrd sömdan ortiq qiymatdagi sifati kafolatlanmagan dori vositalarini saqlab kelayotgani aniqlangan edi.
Live
Barchasi