Fransiya aviakompaniyasi vodorodli samolyotlar ustidagi işlarni töxtatdi
Olam
−
20:01 604 2 daqiqa
Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi vodorod yoqilğisida harakatlanadigan samolyotlar işlab çiqiş böyiça tadqiqotlarni töxtatdi. Kompaniya rahbari Erik Trappiyerning fikriça, hozirgi texnologiyalar uzoq masofaga uçadigan biznes-klass samolyotlarini vodorod yordamida harakatlantiriş uçun yetarli darajada rivojlanmagan. Kompaniya rahbari bu haqda joriy yilning 15 noyabr kuni Fransiyaning RTL, “Public Sénat”, “Ouest-France” va M6 telekanallari hamkorligida efirga uzatiladigan “Le Grand Jury” dasturida ma’lum qildi.
Uning aytişiça, Dassault kompaniyasi vodorodda işlaydigan samolyotlar böyiça izlanişlarni töxtatgan. Trappiyer öz fikrini kompaniyaning yangi Falcon 10X biznes-djeti misolida tuşuntirgan. Uning aytişiça, hozirça uşbu hajmdagi samolyotni vodorod yoqilğisi bilan uçiriş imkonini beradigan texnologik yeçim mavjud emas.
Buning asosiy sabablaridan biri vodorodni saqlaş bilan boğliq. Suyuq vodorod an’anaviy aviatsiya yoqilğisiga nisbatan hajm jihatidan ança köp joy egallaydi va uni minus 253 daraja haroratda saqlaş talab etiladi. Bu esa samolyotga katta hajmdagi maxsus baklar örnatişni taqozo etadi. Oqibatda yölovçilar saloni va parvoz masofasi uçun ajratiladigan joy qisqarişi mumkin.
Qayd etilişiça, Trappiyer 2020 yilda vodorodni kelajak aviatsiyasi uçun jiddiy muqobil yoqilği sifatida baholagan. Biroq 2023 yilda kompaniya bu yönalişga öz mablağlarini sarflamasligini bildirgan. Endilikda esa tadqiqotlar butunlay töxtatilgani ma’lum böldi.
Şu bilan birga, Dassault vodorodda işlaydigan Falcon samolyotini yaratiş böyiça alohida dastur e’lon qilmagan. Şu sababli, kompaniyaning hozirgi qarori biror samolyot loyihasi bekor qilinganini anglatmaydi.
Kompaniya kelgusida barqaror aviatsiya yoqilğisi (SAF), tejamkor dvigatellar va samolyotlar parkini yangilaşga e’tibor qaratmoqçi. Ma’lumotlarga köra, Dassault’ning Falcon samolyotlari tarkibida 50 foizgaça SAF bölgan yoqilğidan foydalanişga sertifikatlangan. Kompaniya dvigatel işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlikda uşbu körsatkiçni 100 foizga yetkaziş ustida ham işlamoqda.
Vodorod texnologiyalaridan voz keçiş tendensiyasi faqat Dassault bilan çeklanmaydi. Airbus ham 2025 yil boşida vodorod yoniş dvigateli namoyiş loyihasini yakunlagan va ZEROe dasturi uçun ajratilgan mablağni qisqartirgan. Biroq Fransiyaning Beyond Aero kompaniyasi vodorod yoqilği elementlari asosida işlaydigan biznes-samolyot yaratiş ustidagi işlarini davom ettirmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoyda yaratilgan, dunyodagi eng yirik uçuvçisiz yuk samolyoti sifatida taqdim etilayotgan W5000 ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oşirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi