Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Fransiya AQSHdan Ozodlik haykalini qaytarishni so‘radi (video)

Olam

image

Kecha, 16 mart kuni Yevroparlamentning fransiyalik deputati Rafael Glyuksmann AQSHning “avtoritar rejimlarni qo‘llab-quvvatlovchi” siyosatiga norozilik ramzi sifatida Ozodlik haykalini Fransiyaga qaytarishga chaqirdi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Glyuksmanning aytishicha, 1886 yilda Nyu-Yorkda fransuz xalqi sovg‘asi sifatida qabul qilingan Ozodlik haykalini ortga qaytarish kerak, chunki Qo‘shma Shtatlar “zolimlar tomonida turishga qaror qilgan”. 

“Biz uni sizga sovg‘a qildik, lekin siz undan nafratlanayotganga o‘xshaysiz”, degan Glyuksmann.

Uning fikricha, AQSH avtoritar rejimlarni qo‘llab-quvvatlash va ilm-fan mustaqilligini talab qiluvchi olimlarni ishdan bo‘shatish orqali erkinlik ramzini qadrlamay qo‘ygan.

Glyuksmanning ta’kidlashicha, haykalni qaytarish taklifi AQSHning Ukrainaga yordamni to‘xtatish qarori bilan bog‘liq. Keyinchalik yordam qayta tiklangan bo‘lsa-da, Yevropada ko‘pchilik AQSHning Rossiyaga nisbatan yumshoq pozitsiyasidan va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning omma oldida kamsitilishidan xavotirda.

Deputat, shuningdek, Tramp ma’muriyati siyosati tufayli AQSHda ishini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan olimlarni ham Fransiyaga qabul qilishni taklif qilgan.

Uning fikricha, Fransiya AQSHning global kuchga aylanishiga hissa qo‘shgan bunday mutaxassislarning ko‘chib o‘tishidan foyda ko‘rishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ozodlik haykali fransuz haykaltaroshi Ogyust Bartoldi tomonidan yaratilgan va 1886 yil 28 oktyabrda Amerika mustaqilligining 100 yilligi munosabati bilan AQSHga sovg‘a qilingan. U 1885 yil 17 iyunda Fransiyaning Izere kemasida Nyu-York bandargohiga yetkazilgan. Haykalni tashish uchun 350 qismga bo‘lib, 214 qutiga qadoqlashgan va to‘rt oy ichida yangi asosda yig‘ishgan. Yodgorlikda shoira Emma Lazarusning “Yangi Koloss” sonetining qahramoni tasvirlangan – u oyog‘i bilan singan zanjirlarni ushlab turibdi, o‘ng qo‘lida mash’alani, chap qo‘lida esa AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan sana yozilgan lavhani ushlab turibdi.

1984 yilda Ozodlik haykali UNESCO'ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 mart kunidan boshlab “Amerika ovozi” va “Ozodlik radiosi” o‘z faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar berilgandi. “Amerika ovozi” vakillari 1,3 mingdan ortiq jurnalist, prodyuser va radio xodimlari ta’tilga chiqarilgani haqida elektron xat olgan. Ushbu yopilish 15 mart kuni Donald Tramp “Ozodlik” radiosi va “Amerika ovozi” nashrlari, shuningdek, yana olti federal agentlik faoliyatini nazorat qiladigan AQSH Global media agentligini (USAGM) tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandan so‘ng yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Evroparlament Ozodlik haykali Rafael' Glyuksmann

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing