Fransiya halollik niqobini yechib, asl yuzini ko‘rsatdi – Baku
Olam
−
04 Oktabr 2023 9415 1 daqiqa
Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonnaning Armanistondagi yig‘ilishlarda “blokada” va “majburiy ko‘chirish” haqidagi soxta rivoyatni takrorlashi tinchlikka yordam bermaydi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizoda X (Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Bu orqali TIV vakili Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonnaning “Fransiya har doim Armaniston tomonida” degan so‘zlariga javob bergan.
“Uning Fransiya har doim Armaniston tomonida ekanligi haqidagi bayonotlari nihoyat Fransiyaning halol broker va neytral vositachi bo‘lish da’volaridan barcha niqoblarni olib tashladi”, deb yozgan Hojizoda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Fransiya Armaniston bilan harbiy yordam yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini aytib o‘tgan edi.
Live
Barchasi