Buxoro hokimi Karim Kamolov vafot etdi
Jamiyat
−
22 Avgust 2020 23269 1 daqiqa
Bugun, 22 avgust kuni Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov koronavirusdan vafot etdi.
Karim Kamolov koronavirusga chalingani joriy yilning 30 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. U Toshkentdagi shifoxonada davolanayotgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Kamolov shifoxonada davolanayotgan vaqtida vafot etgani haqida xabar tarqalgandi. Ammo keyinroq bu ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi.
Ma’lumot uchun, Karim Kamolov joriy yilning 29 fevral kuni viloyat hokimi etib tayinlangandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr