Bugun Toshkentning 3 tumani aholisi gazsiz qoladi
Jamiyat
−
04 may 2023
7176Bugun, 4 may kuni poytaxt Toshkentning Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek va Yangihayot tumanlarining ayrim joylarida soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali Matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tufayli quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:
- Yashnobod tumanining “Go‘zal”, “Olmos” mahallalari hududidagi jami 950 ta uy xo‘jaliklarida hamda 8 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Mirzo Ulug‘bek tumanining Sho‘rtepa, Sh.Burxonov ko‘chalaridagi jami 582 ta uy xo‘jaliklarida hamda 13 ta ulgurji iste’molchilarda;
- Yangihayot tumanining “Fayzli”, “Olchazor” mahallalari hududidagi jami 361 ta uy xo‘jaliklarida hamda 4 ta ulgurji iste’molchilarda.
“Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi
Trenddagilar

DXX Bosh boshqarmasi boshlig‘i vafot etdi
84158
04 aprel

Jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi
41462
05 aprel

O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi
35984
04 aprel

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar soni ochiqlandi
27546
05 aprel

Dollar kursi ketma-ket balandlashda davom etmoqda
19077
04 aprel