Bugun Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Jamiyat

−

image

Bugun, 30 avgust kuni Toshkent shahrining qator markaziy ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Xalqlar do‘stligi maydoni - Suzuk ota majmuasi - Hazrati Imom majmuasi – Xalqlar do‘stligi maydoni yo‘nalishi bo‘ylab “Tungi velosayr” festivali o‘tkaziladi. Ushbu festival munosabati bilan 30 avgust kuni soat 22:00dan 00:00gacha shahrimizdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi”, deyiladi hokilmik xabarida.

– Xalqlar do‘stligi maydonidan Qoratosh ko‘chasi orqali Suzuk ota majmuasigacha;

– Suzuk ota majmuasidan Ko‘kcha darvoza, Nurafshon ko‘chalari bo‘ylab, Qorasaroy ko‘chasi orqali Hazrati Imom majmuasigacha;

– Hazrati Imom majmuasidan Qorasaroy ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Abay ko‘chasi bo‘ylab, Olmazor va Islom Karimov ko‘chasi orqali Xalqlar do‘stligi maydonigacha.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing