“Bu dahshatli tush edi”. Mourino Messiga qarshi kurashni esladi
Sport
−
11:22 1146 1 daqiqa
“Real Madrid”ga qaytgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino Lionel Messiga qarshi kurashni eslar ekan, argentinalik yulduzni to‘xtatish juda qiyin bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Netflix platformasida namoyish etilgan Mourino haqidagi hujjatli filmda so‘z boradi.
“Bu dahshatli tush edi. Messini to‘xtatish uchun nima qila olamiz? deb o‘zimdan qayta-qayta so‘rardim”, deydi Mourino.
Portugaliyalik mutaxassis “Barselona”ni mag‘lub etish uchun “Real Madrid” uslubini o‘zgartirish zarur bo‘lganini ta’kidladi.
“Birinchi o‘yindanoq shuni angladimki, agar biz doim bir xil uslubda o‘ynasak, bu bizni hech qayerga olib bormaydi. Ularni mag‘lub etish uchun maydonda ham, undan tashqarida ham boshqacha bo‘lishimiz kerak edi. Biz haqiqiy raqiblar edik. Bir xil sovrinlar, bir xil liga chempionligi va bir xil Chempionlar ligasi uchun kurashardik. Oxir-oqibat, menimcha, bu raqobat barchaga yordam berdi”, deydi Mourino.
Ma’lumot uchun, Mourino 2010-2013 yillarda “Real Madrid”ni boshqargan va bu davrda Gvardiola boshchiligidagi “Barselona” bilan juda keskin raqobat qilgan.
Live
Barchasi