Braziliya Prezidenti terma jamoasi futbolchilarini tanqid qildi
Sport
−
14 iyul 5071 1 daqiqa
Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva milliy terma jamoa futbolchilarini Jahon chempionatidagi ishtirokidan so‘ng, mamlakatga qaytmagani uchun tanqid qildi. Bu haqda “Globo” portali xabar berdi.
Braziliya terma jamoasi joriy yilning 6 iyul kuni Jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, AQSHdan Braziliyaga qaytgan maxsus reysda murabbiylar shtabi va boshqa xodimlardan tashqari faqat himoyachi Danilo bo‘lgan. Qolgan futbolchilar esa AQSHdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa mamlakatlarga ta’tilga yo‘l olgan.
“Milliy terma jamoa samolyotida deyarli hech kim yo‘q edi. Bu qanday sharmandalik, qanday uyat”, deydi Lula da Silva.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. Shu bilan birga, jamoa so‘nggi 36 yil ichida ilk bor Jahon chempionatida chorak finalga chiqa olmadi.
Live
Barchasi