“Barselona” yangi himoyachi transferini e’lon qildi

Sport

−

image

“Barselona” Niderlandiyaning “Ayaks” klubining o‘ng qanot himoyachisi Serjino Destni sotib oldi. Bu haqda kataloniya klubi rasmiy saytida xabar berildi.

Destning transfer summasi “Barselona”ga 21 mln yevroga tushdi,qo‘shimcha 5 mln yevro bonus sifatida to‘lanadi. 19 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi.

Dest “Ayaks” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U amsterdamliklar safitad 2019 yilda debyut o‘yinini o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda himoyachi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 6 ta golga hammualliflik qilgan. U AQSH terma jamoasiga ham chaqirilgan. 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing