“Real Madrid” va “Barselona” Messiga hamdardlik bildirdi
Sport
−
08 avgust 1590 1 daqiqa
“Real Madrid” va “Barselona” klublari argentinalik futbol afsonasi Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan futbolchi va uning oilasiga chuqur hamdardlik bildirdi. Jamoalar hamdardlik postlarini bugun, 8 avgust kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
Dastavval, “Real Madrid” klubi ijtimoiy tarmoqda Xorxe Messining vafot etganini ma’lum qilgan. Shundan biroz vaqt o‘tib, “Barselona” klubi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan hamdardlik bayonotini e’lon qilgan.
“Barselona” prezidenti va direktorlar kengashi nomidan bildirilgan bayonotda Xorxe Messining vafoti munosabati bilan Messi oilasiga chuqur hamdardlik bildirilgan. Klub Xorxe Messiga Lionel Messining futbol faoliyatidagi dastlabki yillari va eng muvaffaqiyatli davrlarida “Barselona”ga bo‘lgan ishonchi va klub bilan hamkorligi uchun minnatdorlik bildirgan.
Shuningdek, “Barselona” bayonotida Xorxe Messining klubga ishonchi va Lionel Messining faoliyatidagi muhim davrlarda uni qo‘llab-quvvatlagani alohida qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi 69 yoshida Argentinaning Rosario shahrida vafot etgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust