“Barselona” futbolçisi terma jamoa yiğinida jarohat oldi
Sport
−
15:31 127 1 daqiqa
“Barselona” himoyaçisi Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasi safida xalqaro tanaffus doirasidagi maşğulotlarda qatnaşiş vaqtida jarohat oldi. Bu haqda “Mundo Deportivo” naşri xabar berdi.
Naşrning xabar berişiça, futbolçida son sohasida muammo yuzaga kelgan. Taxminlarga köra, bunga xalqaro tanaffusdan oldingi ortiqça jismoniy yuklama sabab bölgan bölişi mumkin.
Endi Kubarsi tibbiy körikdan ötadi. Tekşiruv bugun, 16 noyabr kuni Barselonada klub şifokorlari nazorati ostida ötkaziladi. Mutaxassislar futbolçining jarohati bor-yöqligi va uning qay darajada jiddiy ekanini aniqlaşmoqçi.
Xabarlarga köra, bu “Barselona” uçun joriy xalqaro tanaffus davridagi 3-futbolçisi yiğindan erta qaytmoqda. Bunga qadar niderlandiyalik yarim himoyaçi Frenki de Yong jarohati tufayli safdan çiqqan edi. Hujumçi Rafinya esa diskvalifikatsiyasi sabab Braziliya terma jamoasi tomonidan klub ixtiyoriga qaytarilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 15 noyabr kuni Angliya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçining oltinçi turida safarda Ispaniyani 3:2 hisobida mağlub etgandi.
Live
Barchasi