“Barselona” Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkin

Sport

−

image

“Barselona” klubi vaqtincha Chempionlar ligasidan chetlatilishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqda “The Touchline” nashri xabar berdi.

UEFA kataloniyalik klub tomonidan Hakamlar texnik qo‘mitasining sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlar bilan bog‘liq “Negreyra ishi”ni tergov qilmoqda.

Bu hafta UEFA mazkur ish bo‘yicha “Real Madrid”dan hujjatlar olganini ma’lum qilgandi. OAV xabarlariga ko‘ra, Madrid klubi UEFA’ga qariyb 50 ming sahifadan iborat hujjatlarni taqdim etgan.

Qayd etilishicha, UEFA “Negreyra ishi” bo‘yicha yakuniy qaror chiqarilishini kutmasdan turib, “Barselona”ga nisbatan vaqtinchalik sanksiya qo‘llashi mumkin.

Shuningdek, “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres “Superliga” masalasi bo‘yicha “Barselona”dan qasos olishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” UEFA shtab-kvartirasiga “Negreyra ishi” bo‘yicha hisobot taqdim etib, “Barselona”dan 23 ta sovrin olib qo‘yilishini talab qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing