Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya AQSHga bordi
Olam
−
11 sentabr 2023 4318 1 daqiqa
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya 3-7 sentyabr kunlari tashrif bilan AQSHda bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi TIV xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSH prezidentining maxsus yordamchisi Nikolas Berliner, Nyu-York meri Erik Adams, AQSH Senatining Ichki xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters, Jahon banki vitse-prezidenti Antonella Bassani hamda AQSHning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazgan.
Muzokaralar chog‘ida turli yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Tashrif doirasida axborot-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Amerika IT-assotsiatsiyasi TechBridge loyihasiga start berildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH Kongressi kutubxonasi binosida davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ham ishtirok etgan.


Akobir Sayidov
Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr