Kannavaro Meksika yoki AQSH klubiga ketishi mumkin – OAV
Sport
−
16:37 527 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Meksika va AQSHdagi klublarda ishlash imkoniyatlarini izlash bilan shug‘ullanuvchi agentlik bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda TUDN nashri xabar berdi.
“Meksika futboli yana bir bor jahon chempionini kutib olishi mumkin. U yangi jamoa izlamoqda va e’tiborini Liga MX musobaqasiga qaratgan. Biroq bu safar maydonga futbolchi emas, balki murabbiy chiqadi”, deyiladi Meksika nashri xabarida.
Ma’lum qilinishicha, Lotin Amerikasi bozorida faoliyat yurituvchi agentlik 2006 yilgi jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi uchun Meksikaning Liga MX yoki AQSHning MLS ligalaridagi klublardan ish topish imkoniyatlarini o‘rganadi.
Kannavaro 2025 yil oktyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan va Timur Kapadze o‘rnini egallagan edi. Italiyalik mutaxassis O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan 2+3 yillik sxema bo‘yicha shartnoma imzolagan. Ya’ni, Kannavaroning majburiy shartnomasi 2027 yilning oktyabrigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasigacha Italiyaning “Benevento” va “Udineze”, shuningdek, Xorvatiyaning “Dinamo Zagreb” klublarida faoliyat yuritgan.
Live
Barchasi