“Atletiko” Simeonening kelgusi faoliyati borasida bir qarorga keldi

Sport

−

image

Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone bilan hamkorlikni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda “El Chiringuito” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yangi shartnoma 2 yil muddatga imzolanadi. Oktyabr oyidagi milliy terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus vaqtida Simeone bilan muzokara o‘tkaziladi.

Diyego Simeone 2011 yildan buyon “Atletiko” klubini boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida Madrid klubi 2 marta Ispaniya chempionati va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi, 2 marta Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogiga ega chiqdi, shuningdek, Ispaniya kubogida g‘olib bo‘ldi.

La Liganing 4 ta turidan so‘ng argentinalik mutaxassis jamoasi 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing