Armaniston KXSHTdan haydalsa, xursand bo‘laman – Pashinyan (video)

Olam

image

Armaniston yaqin besh yil ichida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) qaytish niyatida emas. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 24 avgust kuni parlament majlisida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, agar KXSHT Armanistonni o‘z tarkibidan chiqarib yuborsa, u bundan faqat mamnun bo‘ladi. Pashinyan bunday imkoniyat KXSHT ustavida ko‘zda tutilganini aytib o‘tgan.

“Bilaman, KXSHTda (Armanistonni tashkilotdan chiqarish bo‘yicha) muhokamalar ketmoqda... Tashkilot Armanistonni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqarish haqida qaror qabul qilsa, juda xursand bo‘lardim. Har holda, bu bizni tashkilotdan chiqish yoki chiqmaslik borasidagi ikkilanishdan xalos etgan bo‘lardi”, deydi Pashinyan. 

Eslatib o‘tamiz, Armaniston 2024 yilning fevralida KXSHTdagi a’zoligini muzlatib qo‘ygan edi. Nikol Pashinyan “zarurat tug‘ilganda” tashkilotdan to‘liq chiqishi mumkinligini istisno etmagan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston ikki yildan beri KXSHT byudjetiga badal to‘lamayapti.

Joriy yilning iyun oyida vazir KXSHTga a’zo mamlakatlar Armanistonga nisbatan “tashkilot ustavining tegishli moddasini” qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishini va’da qilgan. Ustavga ko‘ra, Armaniston KXSHTda ovoz berish huquqidan mahrum etilishi yoki tashkilotdan chiqarib yuborilishi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing