APK-fayllardan foydalanib, minglab fuqarolarni çuv tuşirganlar uşlandi (video)
3-sahifa
−
10:24 374 2 daqiqa
Toşkentda Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllari va fişing havolalarini yuborib, ularning şaxsiy hamda bank ma’lumotlarini qölga kiritgan ikki nafar şaxs aniqlandi. Ulardan biri “Omad shou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning akkauntlarini egallaşga uringan. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, holatlar “Xavfsiz va soğlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Içki işlar organlari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida aniqlangan.
Toşkent şahar IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan birinçi şaxsning xonadonidagi kompyuter va telefon qurilmalari tekşirilgan. Natijada u Telegram foydalanuvçilariga zararli APK-fayllari hamda fişing havolalarini yuborib kelgani ma’lum bölgan. Uşbu vositalar orqali fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlari, telefon raqamlari va bank kartalariga oid ma’lumotlarini qölga kiritgan.
Şuningdek, u “Omad shou” va “Soliq” logotiplaridan foydalanib, fuqarolarning Telegram akkauntlarini egallaşga qaratilgan fişing havolalarini tarqatgan. Tekşiruvlarda uning jami 2 795,13 USDT, ya’ni qariyb 33,4 million sömlik kriptoaktivlarni qabul qilib, keyinçalik boşqa bank kartalariga ötkazgani aniqlangan.
Yana bir şaxsga tegişli iPhone 15 Pro Max rusumli telefon ham tekşirilgan. Unda yaşirin internet saytlari orqali zararli APK-fayllarini yaratiş bilan şuğullanganlik alomatlari aniqlangan. Elektron ma’lumotlar tahlilida jami 12 ta tranzaksiya qayd etilgan bölib, ularning umumiy aylanmasi 4 202 USDT, ya’ni qariyb 50,2 million sömni taşkil etgan.
Barça qurilmalar va elektron ma’lumotlar xolislar iştirokida belgilangan protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, uşbu şaxslarning noqonuniy faoliyatidan Özbekiston hududida minglab fuqarolar jabrlangan bölişi mumkin.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan har ikki şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-6-moddasi (Zarar keltiruvçi dasturlarni yaratiş, işlatiş yoki tarqatiş) ikkinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 19 yoşli yigit maxsus platforma orqali 2,6 milliard sömlik kripto-aktivlarni noqonuniy ötkaziş va ayirboşlaş bilan şuğullangani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr