Antaliyada “hujayraviy tornado“ sabab 5 nafar işçi halok böldi
Olam
−
09:10 832 2 daqiqa
Turkiyaning Antaliya viloyati Kepez tumanida yuz bergan tornado oqibatida 5 nafar işçi halok böldi, yana bir kişi jarohatlandi. Tabiiy ofat quriliş maydonidagi işçilar yaşaydigan ikkita konteynerni parçalab, katta zarar yetkazdi. Bu haqda “Haberler“ xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 26 oktyabr kuni soat 23:00 atrofida Kepez tumanining Fevzi Çaqmoq mahallasida sodir bölgan. Tornado quriliş maydonidagi işçilar uçun möljallangan ikkita konteynerni ağdarib, vayron qilgan. Oqibatda içidagi işçilar taşqariga uloqtirilgan.
Dastlab ikki kişi hodisa joyida halok bölgan. Yana uç nafar işçi şifoxonaga olib borilganidan keyin vafot etgan. Jarohatlangan yana bir işçining ahvoli yaxşi ekani ma’lum qilingan.
Antaliya viloyati hokimi Hulusi Şahinning aytişiça, hududda kam uçraydigan, “hujayraviy tornado“ deb ataladigan tabiiy hodisa yuz bergan. Uning bildirişiça, tornado faqat şu joyda kuzatilgan, yaqin atrofdagi boşqa konteynerlarga zarar yetmagan.
Tabiiy ofat oqibatida quriliş maydonidagi katta kran ham qulagan. Biroq kran qulaş oqibatida heç kim halok bölmagan yoki jarohatlanmagan.
Ma’lum qilinişiça, hodisa joyida qutqaruv va qidiruv işlari davom ettirilgan. Mutasaddilar vayronalar ostida qolgan yoki jarohatlangan boşqa odamlar bor-yöqligini tekşirgan. Halok bölganlarning şaxsini aniqlaş işlari ham olib borilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tayvan qirğoqlaridan ötgan “Çampi“ tayfuni oqibatida bir kişi halok bölib, 527 kişi jarohatlandi. Kuçli şamol va jala yuzlab daraxtlarni qulatib, 288 mingdan ortiq xonadonda elektr ta’minotining uzilişiga sabab bölgan.
Live
Barchasi26 Oktyabr
26 Oktyabr