Andijonda Spark o‘tindek yonib ketdi
3-sahifa
−
19:04 827 1 daqiqa
Bugun, 8 oktyabr kuni Andijon shahrida harakatlanayotgan Spark avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea soat 18:07 larda Andijon shahrining 2-kichik dahasi hududidagi “Sog‘lom avlod” MFYda joylashgan aylanma harakat oldida sodir bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan fuqaro A.F. ga tegishli Spark avtomashinasining elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelgan. Oqibatda avtomobilda yong‘in chiqqan.
Yong‘in Andijon shahar FVB xodimlari tomonidan to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan. Avtomashinaning ichki va tashqi qismlariga moddiy zarar yetgan. Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Matiz rusumli avtomobil yonib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi