Andijonda ham yer qimirladi
Jamiyat
−
12 mart
3056Bugun, 12 mart kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Andijon viloyatining 3 ta tumanida sezildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Bildirilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 08:11 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 40,55 gradus shimoliy kenglik; 72,76 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 308 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 13 km.
- Jalaquduq tumanida 2 ball, 23 km.
- Buloqboshi tumanida 2 ball, 24 km.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 mart kuni soat 06:16 da Toshkent viloyati Toshkent tumanida 3,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilzila kuchi Toshkent viloyati va Toshkent shahrida sezildi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

