Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

AQSH Ukrainaga ATACMS raketalari o‘rniga GLSDB bombalarini o‘tkazmoqchi

Olam

image

AQSH Ukrainaga GLSDB (Ground-Launched Small Diameter Bomb) uzoq masofali reaktiv snaryadlarini yetkazib berishni qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, avvalroq GLSDB snaryadlari radioelektron kurashga nisbatan zaifligi tufayli past samaradorlik ko‘rsatgan. Biroq, manbalarga ko‘ra, so‘nggi haftalarda 19 ta takomillashtirilgan bomba muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.

“GLSDB'ni Ukrainaga yetkazib berish yaqin kunlarda boshlanishi mumkin, chunki Yevropada allaqachon bunday snaryadlar zaxiralari mavjud” deyiladi xabarda.

“Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina AQSH tomonidan taqdim etilgan uzoq masofali ATACMS raketalarining barchasini ishlatib bo‘lganligi sababli yetkazib berish zarurati tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, GLSDB snaryadlari Boeing (AQSH) va Saab (Shvetsiya) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Ularning zararlash masofasi 150 kilometrgacha yetadi. Bu raketa dvigateli bilan yuqori aniqlikdagi 113 kilogrammli bomba. U RSZO M270 va HIMARS kabi yer usti ishga tushirish qurilmalaridan ishga tushiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Moliya vaziri Skott Bessant mamlakat Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lsa, Rossiyaga qarshi eng qattiq sanksiyalarni hech ikkilanmasdan joriy etishini aytgandi. Uning qayd etishicha, Bayden ma’muriyati sanksiya qo‘llashda juda zaif bo‘lgan va bu zaiflikni Tramp ma’muriyati yo‘qotishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina ATACMS GLSDB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing