AQSH Rossiyani G20 Energetika vazirlari uchrashuviga taklif qildi

Olam

image

AQSH Rossiyani G20 mamlakatlarining Energetika vazirlari uchrashuvida ishtirok etishga taklif qildi. Rossiya vakili 14–16 sentyabr kunlari Texas shtatida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 11 sentyabr kuni Oq uy vakiliga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.

Oq uy vakilining aytishicha, Rossiyadan bir mansabdor shaxs kelasi hafta Xyuston shahrida bo‘lib o‘tadigan G20 energetika vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi.

“Oq uy vakilining ma’lum qilganidek, Rossiyadan bir mansabdor shaxs kelasi hafta Xyustonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda ishtirok etadi”, deyiladi “Reuters” xabarida.

Hozircha Rossiya tomonidan uchrashuvda aynan kim ishtirok etishi ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun, G20 energetika vazirlarining uchrashuvi 14–16 sentyabr kunlari AQSHning Texas shtatida o‘tkaziladi. Unda energetika sohasidagi global masalalar, jumladan, energiya xavfsizligi va xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq mavzular muhokama qilinishi kutilmoqda.

Rossiyaning G20 tadbirlarida ishtirok etishi so‘nggi vaqtlarda yanada e’tiborli bo‘lib bormoqda. Joriy yilning avgust oyi oxirida AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Eshvill shahrida G20 mamlakatlari moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov 2022 yil aprelidan buyon birinchi marta shaxsan ishtirok etgan.

Mazkur holat, Rossiyaning G20 doirasidagi tadbirlarda ishtiroki davom etayotgani Moskva va G‘arb davlatlari o‘rtasida Ukraina urushi ortidan yuzaga kelgan keskin munosabatlarga qaramay, “Katta yigirmalik” maydonida muloqot saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni yakunlash bo‘yicha kelishuv tuzishni istashini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing