24 yoşli erkak uç oylik çaqaloqni yiğlagani uçun urib öldirdi
Olam
−
11:29 1823 3 daqiqa
Angliyaning Kent grafligida 24 yoşli erkak qiz döstining uç oylik öğlini yiğlaşdan töxtamagani uçun urib öldirdi. Sud uni qotillik va qasddan oğir tan jarohati yetkazişda aybdor deb topdi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Sudda ma’lum bölişiça, Tayla Uormbi 2022 yil 15 iyulga ötar keçasi qiz dösti Şennon Hodjes uxlayotgan paytda uning 12 haftalik öğliga qarab turgan. Çaqaloq bolaning biologik otasi bölmagan Uormbining qaramoğida qolgan.
Ertalab soat 05:30 dan köp ötmay, bolaning onasi uning ahvolidan xavotirlanib, tez yordam çaqirgan. Çaqaloqning rangi oqarib ketgan, özi esa huşsiz holatda bölgan. Uning boşi ham sezilarli darajada şişib ketgan. Onasi tez yordam operatoriga bolaning boşiga tekkanda qattiq yiğlayotganini aytgan.
Şifokorlar çaqaloqning boş suyagi singani va miyasi kuçli şişganini aniqlagan. Dastlab u Margeyt şahridagi şifoxonaga olib borilgan, keyinçalik jarohatlari oğirligi sababli Londondagi şifoxonaga köçirilgan. Biroq öşa kuni tuşdan keyin yuragi töxtab, vafot etgan.
Tergov davomida Uormbi politsiyaga voqea qanday sodir bölgani haqida yolğon gapirgani aniqlangan. U çaqaloqni ertalab soat 04:00 da uyğonganida boşida kiçik şiş bilan körganini, unga dori berib, yana yotqizganini aytgan. Yarim soatdan keyin bolaning qattiq yiğlayotganini eşitib, boşining orqa qismi şişib ketganini payqaganini bildirgan.
Biroq raqamli ekspertiza va tibbiy dalillar Uormbi çaqaloqqa tez yordam çaqirilişidan biroz oldin ataylab ölimga olib keladigan jarohat yetkazganini körsatgan. Ekspertlar u bundan avval ham bolani qattiq silkitib, jarohat yetkazgan degan xulosaga kelgan.
Sudda çaqaloq ölimidan oldingi haftalarda bir neça bor şifoxonaga olib borilgani ham ma’lum bölgan. U tez-tez qusgan, tanasi böşaşib qolgan va odatdagidan köproq yiğlagan. Şifokorlar bu belgilar çaqaloqni silkitiş sindromiga xos ekanini aytgan. Sud-tibbiy ekspertiza esa bolaning miyasida ölimidan beş haftagaça oldin ham qon ketişi kuzatilganini aniqlagan.
Şuningdek, çaqaloqning biologik otasi uning xavfsizligidan xavotir bildirganidan söng, bola ijtimoiy xizmatlar nazoratiga olingani ma’lum bölgan.
24 yoşli Uormbi sudda qotillik va qasddan oğir tan jarohati yetkaziş ayblovlarini rad etgan. Biroq keça, 29 oktyabr kuni sudyalar kengaşi köpçilik ovoz bilan uni har ikki jinoyatda aybdor deb topgan.
Kent politsiyasi tergov bölimi katta inspektori Adam Marşall tergov guruhi murakkab tibbiy va kriminalistik dalillarni örganib, erkakning yolğonlarini foş qilganini bildirgan. Uormbiga nisbatan hukm esa keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning Şeffild şahrida yangi tuğilgan qizaloq 15 marta piçoqlanib, jami 33 ta jarohat bilan ölik holda topilgan edi. Çaqaloqni öldirişda ayblanayotgan tört kişi, jumladan, uning 20 yoşli onasi Andrea Skopova sudga tortilgan.
Live
Barchasi27 Oktyabr