2025 yilda o‘zbekistonliklar qancha dam oladi?

Jamiyat

−

image

2025 yilda o‘zbekistonliklar qancha dam olish kuniga ega bo‘lishi ma’lum qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi kelasi yil uchun ish vaqtining davomiyligi taqvimini tasdiqladi.

Hujjat barcha tashkilotlarga taalluqli bo‘lib, u bayram kunlarining, shu jumladan diniy bayramlarning sanalarini tasdiqlaydi:

  • 1 yanvar — Yangi yil;
  • 8 mart — Xotin-qizlar kuni;
  • 21 mart — Navro‘z;
  • 31 mart — Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti)ning birinchi kuni;
  • 9 may — Xotira va qadrlar kuni
  • 7 iyun — Iyd al-adha (Qurbon hayiti)ning birinchi kuni.
  • 1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
  • 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
  • 8 dekabr — Konstitutsiya kuni.

Shuningdek, shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. 2025 yilda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10 mart, dushanbaga ko‘chiriladi. Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyun, shanbaga to‘g‘ri keladi, shu sababdan dam olish kuni 9 iyun, dushanbaga ko‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida necha kun dam olishi haqida ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing