Hindistondagi daxshatli portlashda 34 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Hindistonning janubiy shtati Telingana hududida joylashgan farmatsevtika fabrikasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi esa tan jarohatlari oldi. Bu haqda “Hindustan Times” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu fojia Sigachi Industries kompaniyasiga tegishli fabrikada sodir bo‘lgan. Qurbonlardan birining o‘g‘li tomonidan berilgan ariza asosida kompaniyaga nisbatan rasmiy tergov ishi ochilgan.

Kompaniya voqea ortidan binodagi uskunalar va konstruksiyalar jiddiy zarar ko‘rgani sababli fabrikadagi faoliyatini 90 kunga to‘xtatganini e’lon qilgan. 

Portlash sodir bo‘lgan paytda binoda taxminan 60 kishi bo‘lgan. Portlash oqibatida bino butunlay qulab tushgan. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hodisa munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan va halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oilalariga moliyaviy yordam ko‘rsatishni va’da qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xayber-Paxtunxva viloyatida noma’lum shaxs harbiy kolonnaga hujum qilgandi va oqibatda 16 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston portlash Narendra Modi farmatsevtika fabrikasi Sigachi Industries

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing