Zilzila qurbonlari soni 3 419 nafarga yetdi

Olam

image

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan zilzila qurbonlari soni 3 419 nafarga yetdi. Bu haqda Respublika vitse-prezidenti Fuat O‘qtay ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yer silkinishi oqibatida mamlakatda 20 534 nafar kishi jarohatlangan. 8 mingdan ortiq odam vayronalar ostidan qutqarib olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida va Suriyaning bir qancha viloyatida 7,9 (dastlabki ma’lumotlarda 7,4) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Keyinroq Turkiyada yana 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. Qo‘shni Suriyada esa halok bo‘lganlar soni 1444 nafarni tashkil etib, 3530 kishi yaralangan edi.

Buning ortidan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda 7 kunlik milliy motam bo‘lishi haqidagi hujjatni imzoladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ro‘y bergan zilzilada bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana 4 kishi bedarak yo‘qolgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing